2018 yil 31 oktabr kuni IIV Surxondaryo akademik litseyida o’quvchilarning intellektual bilimini oshirish maqsadida tadbiri bo’lib o’tdi. Musobaqani akademik litsey MMIBDO’ Q.Ergashev ochib berdi. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini unumli o’tkazishda bu kabi tadbirlar o’tishi foydali ekanligi haqida so’zlab o’tdi. Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Yo.Xo’jamberdiyev so’zga chiqib o’yin qonun qoidalarini tushuntirib berdi. O’yinni Huquqshunoslik fani o’qituvchisi F.Yangiboyev olib bordi. B.Turaqulov, Z.Saidov hamda O.Qurbonovlar hakamlik qilishdi. Ushbu tadbirda I bosqich 1/18 guruh o’quvchilaridan tuzilgan “Ma’rifat” hamda 3/17 guruh o’quvchilaridan tuzilgan “Adolat” jamoasi ishtirok etishdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda har bir guruh o’zlariga berilgan 10 ta savolga javob izlashga intildilar. Bahs-munozara yakunida esa 1/18 guruh o’quvchilarining “Ma’rifat” jamoasi 5:4 hisobida g’alaba qozonishdi.



























